Halol ovqatlanishga doir asosiy kategoriyalar mohiyati va zarurati
Mazkur maqolada halol ovqatlanishga doir tushunchalar ilmiy manbalarga tayanilgan holda, xorijiy tajribalar asosida yoritib berilgan. Unda halol turizm, musulmon sayyohlar hamda halol sertifikati haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, halol oziq-ovqat sanoati, musulmon aholining birlamchi ehtiyoji bo'lmish halol ovqatlanishda eng ko'p ishlatiladigan atamalar mazmun mohiyati ilmiy tadqiq etilgan hamda amaliyotda ulardan to'g'ri foydalanish uchun tavsiyalar berilgan. Musulmonlar o'zlarining taomlarini tanlashda oziq-ovqatning halol bo'lish sharti uchun zarur tamoyillar ko'rsatilgan.