Mualliflar uchun
Maqola yuborish qoidalari va talablari
"Servis" jurnali xizmat ko'rsatish va servis hamda iqtisodiyotga oid mavzulardagi ilmiy maqolalarni chop etishga mo'ljallangan OAK tomonidan e'tirof etilgan ilmiy-amaliy nashr bo'lganligi sababli, tahririyatga taqdim etiladigan maqolalar ham bevosita shu sohaga oid ilmiy izlanishlarga, tadqiqot natijalariga asoslangan bo'lishi lozim.
1 Maqola tarkibi
Maqolaning tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo'lishi lozim:
Muallif to'g'risida ma'lumot
Familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va ilmiy darajasi
Maqolaning mavzusi
The subject of the article
Maqola annotatsiyasi
Abstract (o'zbek, rus va ingliz tillarida)
Kalit so'zlar
Keywords (o'zbek, rus va ingliz tillarida)
Kirish
Introduction - Mavzuning dolzarbligi
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Literature review
Tadqiqot metodologiyasi
Research Methodology
Tahlil va natijalar
Analysis and results
Xulosa va takliflar
Recommendations
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
References
2 Texnik talablar
Hajmi
- • Ilmiy maqola: 4 betdan kam emas
- • Qisqa xabar: 3 betdan kam emas
- • Taqriz: 2 betdan kam emas
Format
- • Dastur: MS Word
- • Shrift: Times New Roman 14
- • Interval: Bir interval
Tillar
- • O'zbek tili
- • Rus tili
- • Ingliz tili
Taqdim etish
- • 1 nusxada qog'oz variant
- • Mualliflar imzosi
- • Elektron versiya
3 Jadval, diagramma va rasmlar
- Jadval, diagramma va rasmlar ixcham va tushunarli bo'lishi kerak
- Faqat kitob shaklida yoritilishi lozim
- Tartib raqami va nomi albatta ko'rsatilishi kerak
- Ma'lumotlarning manbalariga havolalar albatta berilishi lozim
- Albom shaklidagi jadval va rasmlar qabul qilinmaydi
4 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati amaldagi standartlar asosida rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim.
Eslatma: Adabiyotlar ro'yxatida har bir manba to'liq bibliografik ma'lumotlar bilan berilishi kerak.
5 Mazmun talablari
Maqolada quyidagilar albatta bo'lishi kerak:
⚠ Muhim eslatmalar
Ushbu talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etishga qabul qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Tahririyat maqolalarni qisqartirish, to'g'rilash va tahrir qilish huquqiga ega.
"Servis" jurnalida e'lon qilinayotgan materiallardagi dalillar, raqamlar va ma'lumotlarning ishonchliligi uchun ularning mualliflari javobgardir.
Tahririyat fikri mualliflarning fikriga mos kelmasligi mumkin.
Jurnaldan ko'chirib bosilayotgan materiallarni shu jurnaldan olingan, deb ko'rsatilishi va albatta iqtibos berilishi shart.
Savollaringiz bormi?
Maqola yuborish yoki qo'shimcha ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning