Maqolalar

Ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar to'plami

К вопросам развития кооперации в плодоовощном секторе узбекистана

Музаффар Мусаевич Усмонов

В данной статье рассматриваются вопросы развития системы кооперации в плодоовощном секторе Узбекистана. В ходе исследования даны рекомендации по эффективному развитию системы кооперации в плодоовощном секторе Узбекистана с учѐтом зарубежного опыта.

3 marta ko'rilgan 7 marta yuklab olingan

Наманган вилоятида қандолат маҳсулотлари бозорининг ривожланиш тенденциялари

Раънохон Махмудовна Каримжанова

мақолада озиқ-овқат маҳсулотлари ва унинг бозори тўғрисида фикр юритилган. Шунингдек, Наманган вилоятида озиқ-овқат маҳсулотлари чакана савдоси ва унда қандолат маҳсулотларининг улуши, сўнгги йиллардаги кўрсаткичлари қиѐсланган. Ҳамда, қандолат маҳсулотлари бозорининг ўзига хос хусусиятлари ва мавжуд муаммолари ѐритилган, айрим тавсиялар келтирилган.

8 marta ko'rilgan 10 marta yuklab olingan

Ўзбекистонда деҳқончилик маҳсулотларини етиштириш ва унинг муаммолари

Умар Худайбердиев, Нилуфар Зиябаевна Юлдашова

мақолада мамлакатимиз қишлоқ хўжалигидаги ислоҳотлар натижалари, деҳқончилик маҳсулотларини етиштиришдаги ютуқлар, кластерларнинг ташкил этилиши, деҳқончилик маҳсулотларини етиштиришдаги муаммолар ва уларнинг ечими баѐн қилинган.

6 marta ko'rilgan 11 marta yuklab olingan

Қишлоқ хўжалик маҳсулотларини сақлашнинг илмий асосларини билиш – нобудгарчиликни камайтиришнинг муҳим омилидир

Р.Нормахматов, А.Ғафуров

мазкур мақолада қишлоқ хўжалик маҳсулотларини сақлашга илмий ѐндашув, яъни мева-сабзавотлар сақланаѐтган омборларда оптимал ҳарорат, нисбий намлик, газ муҳитини яратиш нобудгарчиликни камайтиришнинг муҳим омили эканлиги бўйича маълумотлар келтирилади ва нобудгарчиликни камайтириш бўйича муҳим тавсиялар берилади.

1 marta ko'rilgan 7 marta yuklab olingan

Рақамли технологиялар орқали банк-молия хизматлари самарадорлигини ошириш йўллари

З.Рафиева

Ўзбекистонда ҳам иқтисодий ислоҳотларнинг чуқурлашуви, информацион оқимларнинг тезлик билан ҳаракатланаѐтган бир шароитда банк-молия хизматларининг ривожланишида албатта рақамли технологияларнинг роли тобора ортиб бормоқда. Ушбу мақолада банк-молия хизматларни самарадорлигини оширишнинг асосий кўрсаткичлари ўрганилган ҳамда унда рақамли технологияларни таъсири таҳлил қилинган.

3 marta ko'rilgan 6 marta yuklab olingan

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tahlili

S.Qodirov

Maqolada raqamli iqtisodiyot mamlakat iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralgan. Turli xorijiy davlatlarning raqamli iqtisodiyot dasturlari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyotni samarali tashkil etish va yo'lga qo ̳yish usullari o 'rganilgan. Raqamli iqtisodiyotda inson faoliyatining yetakchi tarmoqlarini samarali rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri – tegishli institutsional muhitni shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratilayotganligidan kelib chiqib raqamli iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun asosiy amalga oshirilishi kerak islohotlar, kadrlar va bilimlardan foydalanish shartlari belgilab berildi.

5 marta ko'rilgan 11 marta yuklab olingan

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va hududning investitsion jozibadorligini oshirish – taraqqiyot garovi

N.Ibragimov

ushbu maqola Samarqand viloyatida tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilash, hududning investitsion jozibadorligi, ularning biznes oʼsishiga taʼsiri boʼyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarga bagʼishlangan boʼlib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha takliflar berilgan.

3 marta ko'rilgan 5 marta yuklab olingan

Halol ovqatlanishga doir asosiy kategoriyalar mohiyati va zarurati

Sh.Sharifova

Mazkur maqolada halol ovqatlanishga doir tushunchalar ilmiy manbalarga tayanilgan holda, xorijiy tajribalar asosida yoritib berilgan. Unda halol turizm, musulmon sayyohlar hamda halol sertifikati haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, halol oziq-ovqat sanoati, musulmon aholining birlamchi ehtiyoji bo'lmish halol ovqatlanishda eng ko'p ishlatiladigan atamalar mazmun mohiyati ilmiy tadqiq etilgan hamda amaliyotda ulardan to'g'ri foydalanish uchun tavsiyalar berilgan. Musulmonlar o'zlarining taomlarini tanlashda oziq-ovqatning halol bo'lish sharti uchun zarur tamoyillar ko'rsatilgan.

3 marta ko'rilgan 17 marta yuklab olingan

Mahalliy oziq-ovqat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va vazifalari

Sh.Bannoev

Maqolada mahalliy oziq-ovqat bozorining mohiyatini ochib beruvchi tadqiqotlar guruhlarga ajratilgan va zamonaviy yondoshuvlar umumlashtirilgan. Mahalliy oziq-ovqat bozoriga takomillashgan mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan. Mahalliy oziq-ovqat bozorining bajaradigan vazifalari asosida segmentatsiya qilingan va ierarxik darajalari belgilangan. Mahalliy oziq-ovqat bozorida majmuaviy tavsifdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

2 marta ko'rilgan 16 marta yuklab olingan